Kontent qismiga oʻtish

Yofas

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yofas, Abu Turk (gʻarb manbalarida Iafet, Yafet) — qadimgi diniy aqidalarga koʻra, Nuh(as)ning 3 farzandidan birlari bo'lgan (Som, Hom bilan birga). Toʻfondan soʻng omon qolganlar. Nuh(as) oʻgʻillariga Yer yuzini boʻlib bergan. Jumladan,"Shajarayi turk" manbasiga ko'ra "Yofas otasining hukmi birlan... Atil (Itil) va Yoyiq suvining yoqosigʻa bordi. Ikki yuz ellik yil anda turdi. Taqi vafot tobdi. Sakkiz oʻgʻli bor edi (Turk, Xazar, Saqlab, Rus, Ming , Chin, Qamari, Tarix)". Toʻngʻich oʻgʻli nomidan Yosafni "Abu Turk" ("Turkning otasi") deb ham atashgan. Mirzo Ulugʻbekning yozishiga qaraganda, "Yosafga Chin Mashriqining boshqa muhitlari, Qomarun togʻlari va rus yerlari oxirigacha choʻzilgan oq choʻqqilar va beshinchi iqlimning qolgan uchdan bir qismi to maʼmur yerlarning oxirigacha va Shimolning zulummotigacha yerlar baxsh etilgan edi... Aytadilarki, Turon zamin va Turkistonni Yofas(as) oʻziga asrab qoʻygan edi. Shu sababli uni Abutturk deyishgan". Qadimda turkiy oʻlkalarda yomgʻir yogʻdiruvchi tosh (qarang Yada toshi) yordamida duo oʻqib osmondan yomgʻir-qor yogʻdiruvchi kishilar boʻlgan. Mana shu yada ilmini Yosafga otasi Nuh(as) oʻrgatgan degan naql bor. Yosaf vafotidan soʻng Turk otasi oʻrniga oʻtirib yurtni boshqargan. Xalq uni Yofas oʻgʻlon deb atagan.

  • Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1995; Abulgʻoziy, Shajarayi turk, T., 1992; Ibrohimov A., Sultonov X., Joʻrayev N., Vatan tuygʻusi, T., 1996.

Faxriddin Hasanov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil