Yevgeniya Kosigina
| Yvgeniya Kosigina | |
|---|---|
|
| |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Toʻliq ismi | Yvgeniya Borisovna Kosigina |
| Davlat | Rossiya |
| Tavalludi |
20-mart 1995-yil Odintsovo |
| Boʻyi | 1.60 m (5 ft 3 in) |
| Sherigi | Nikolay Moroshkin |
| Murabbiyi | Oleg Sudakov |
| Jamoasi |
UOR No. 4 Tolyatti Winter Sport Center Odintsovo |
| Uchishni boshlagan | 2000 |
| Shaxsiy rekordlari | |
| Raqs (umumiy natija) | 135.24 |
| Qisqa raqs | 59.44 |
| Erkin raqs | 81.62 |
Yevgeniya Borisovna Kosigina (ruscha: Евгения Борисовна Косыгина; 1995-yil 20-martda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Nikolay Moroshkin bilan bilan birga Xalqaro konkida uchishn ittifoqi tominidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida oltita medalni qoʻlga kiritgan va uch marta oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida kuchli oʻntalikka kirgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevgeniya Kosigina Moroshkin bilan 2010-yil iyun oyida juftlikda konkida uchishni boshlagan.
2010—2011-yilgi mavsumda Kosigina / Moroshkin juftligi Fransiyaning Kurchevel shahrida bo‘lib o‘tgan oʻzlarining birinchi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritgan. Germaniyaning Drezden shahrida oʻtkazilgan ikkinchi musobaqada ular oltin medalni qoʻlga kiritgan. Ushbu medallar juftlikka oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma bergan va juftlik musobaqada qatnashib oltinchi oʻrinni egallagan. 2011-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida Kosigina / Moroshkin juftligi bronza medalini qoʻlga kiritgan, keyin esa 2011-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan.
Kosigina / Moroshkin 2011 — 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida qatnashib, Latviyada oʻtkazilgan guruhda kumush, Estoniyada esa bronza medalini qoʻlga kiritgan. Juftlik2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida beshinchi oʻrinni egallagan va oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan.
Kosigina / Moroshkin juftligi 2012 — 2013-yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayonida murabbiy Igor Shpilbanddan qoʻshimcha darslar olgan. Juftlik Nyu-Yorkning Lake Plasid va Xorvatiyaning Zagreb shaharlarida o‘tkazilgan musobaqalarda bir juft kumush medalni qo‘lga kiritgan va Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan oʻsmirlar oʻrtasidagi finalda oltinchi o‘rinni egallagan. Keyin ular 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan va 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallaganlar[1][2].
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash](Moroshkin bilan)
| Mavsum | Qisqa raqs | Erkin raqs |
|---|---|---|
| 2014 — 2015 |
|
|
| 2013 — 2014 |
|
|
| 2012 — 2013 |
Blues and swing:
|
|
| 2011 — 2012 |
|
|
| 2010 — 2011 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Kosigina bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Xalqaro | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Musobaqa | 10/11 | 11/12 | 12/13 | 13/14 | 14/15 |
| Qishki Universiada | 4 | ||||
| CS Golden Spin of Zagreb (Zagrebning oltin konkisi) | 5 | ||||
| CS Warsaw Cup | 4 | ||||
| Muz yulduzi | 2 | ||||
| Xalqaro: oʻsmirlar | |||||
| Jahon chemp. | 6 | 6 | 9 | ||
| JGP finali | 6 | 6 | |||
| JGP Xorvatiya | 2 | ||||
| JGP Estoniya | 3 | ||||
| JGP Fransiya | 3 | ||||
| JGP Germaniya | 1 | ||||
| JGP Latviya | 2 | ||||
| JGP Polsha | 4 | ||||
| JGP Amerika Qoʻshma Shtatlari | 2 | ||||
| Istanbul kubogi | 2-J | ||||
| Milliy | |||||
| Rossiya chemp. | 6 | ||||
| Rossiya oʻrtasidagi oʻsmirlar chemp. | 3 | 5 | 2 | 4 | |
| J = oʻsmirlar darajasi | |||||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ISU Junior Grand Prix of Figure Skating 2010/2011 Junior Ice Dance“. International Skating Union.
- ↑ Ermolina, Olga. „Ermolina Olga“ (Russian). Russian Figure Skating Federation (2014-yil 6-mart). 2014-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan.