Yelena Valova
| Yelena Valova | |
|---|---|
|
| |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Davlat |
|
| Tavalludi |
4-yanvar 1963-yil Leningrad |
| Oldingi sheriklari | Oleg Vasilyev |
| Oldingi murabbiylari | Tamara Moskvina |
| Yakunlagan | 1988 |
Yelena Aleksandrovna Valova (ruscha: Елена Александровна Валова; 1963-yil 4-yanvarda tugʻilgan) — Sovet Ittifoqi vakili sifatida xalqaro musobaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. Sobiq turmush oʻrtogʻi Oleg Vasilyev bilan birga 1984-yilgi Olimpiya chempioni, 1988-yilgi Olimpiya oʻyinlari kumush medali sovrindori va uch karra jahon chempioni (1983, 1985, 1988) boʻlgan. Juftlikning butun faoliyati davomida Tamara Moskvina murabbiylik qilgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Valova Leningradda (Rossiya SFSR) Alla Borisovna Valova va Aleksandr Dmitriyevich Valov oilasida dunyoga kelgan. U PF Lesgaft sport universitetini tamomlagan. Valvova va Vasilyev 1984-yilda turmush qurgan va 1992-yilda ajrashgan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Valova / Vasilyev juftligining muvaffaqiyati 1982 — 1983-yilgi mavsumda sodir boʻlgan. Ular „Moskva yangiliklari“ mukofotlari turnirida bronza, 1983 Skate America musobaqasida oltin, 1983-yilgi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritganlar. Bu juftlik oʻz mavsumini birinchi jahon chempionligini qoʻlga kiritish bilan yakunlagan. Vasilyevning jagʻi singanligi sababli juftlik 1983-yilgi milliy chempionatni oʻtkazib yuborishgan[2].
Valova / Vasilev juftligi 1984-yilda oʻzining birinchi Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan, soʻng 1984-yilda Sarayevoda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medal sohiblariga aylanishgan. Bu juftlik 1984-yilgi Jahon chempionatida — mavsumning soʻnggi musobaqasida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan.
1985-yilda juftlik Yevropa va Jahon chempionatlarida qatnashib, oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Valova / Vasilev juftligi oʻzining soʻnggi havaskor mavsumida qatnashgan: 1988-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Gordeyeva / Grinkov juftligidan keyin kumush medalni qoʻlga kiritgan, ammo 1988-yilgi Jahon chempionatida gʻalaba bilan qaytgan. Uchinchi jahon chempionligini qoʻlga kiritgandan soʻng, Valova / Vasilyev Xalqaro konkida uchish ittifoqi musobaqasini tark etgan. Bu juftlik 1997-yilning oxirigacha turli shou va tadbirlarda birga ishtirok etishgan.
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash](Vasilyev bilan)
| Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
|---|---|---|
| 1987 — 88 |
|
|
| 1986 — 87 | Georgian folk:
|
|
| 1985 — 86 |
|
|
| 1984 — 85 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vasilyev bilan havaskor sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Xalqaro | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Musobaqa | 80 — 81 | 81 — 82 | 82 — 83 | 83 — 84 | 84 — 85 | 85 — 86 | 86 — 87 | 87 — 88 | |
| Qishki Olimpiya oʻyinlari | 1 | 2 | |||||||
| Jahon chempionati | 1 | 2 | 1 | 2 | 2 | 1 | |||
| Yevropa chempionati | 2 | 1 | 1 | 1 | 2 | ||||
| Skate America | 3 | 1 | |||||||
| NHK Trophy | 1 | ||||||||
| Nebelhorn Trophy | 1 | ||||||||
| Moskva yangiliklari | 6 | 3 | 3 | 1 | 2 | ||||
| Sent-Jervais | 2 | ||||||||
| Milliy | |||||||||
| Sovet chempionati | 3 | 2 | 1 | ||||||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Elfman, Lois. „Vasiliev happy to be living, coaching back in Russia“. IceNetwork.com (2016-yil 11-avgust). 2016-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-avgust.
- ↑ Geroulis, Dean „Skaters' success pumps up rink's Olympic pedigree“. Chicago Tribune (2002-yil 13-fevral). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-dekabr.
- 4-yanvarda tugʻilganlar
- 1963-yilda tugʻilganlar
- Figurali uchish boʻyicha jahon chempionlari
- Figurali uchish boʻyicha Sovet Ittifoqi chempionlari
- Figurali uchish boʻyicha Yevropa chempionlari
- Figurali uchish boʻyicha Olimpiada chempionlari
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- Yashayotgan insonlar
- Rossiyalik figurali uchuvchilar