Xettlar
| Xett imperiyasi Ḫa-at-tu-ša | ||||
| ||||
|---|---|---|---|---|
| Poytaxti | Xattusa | |||
| Til(lar)i | Xett, Xatt, Luviy, Akkad | |||
| Dini | Xett dini | |||
| Boshqaruv shakli | Mutlaq monarxiya (eski podsholik)
Konstitutsiyaviy monarxiya (yangi podsholik) | |||
Xettlar — Kichik Osiyoda qadimda yashagan xalq. Xett tilida soʻzlashgan. Shuning uchun ham odatda X. yoki ularning avlodlari Kichik Osiyoga Bolqon ("gʻarbiy" nazariya) yoki Kavkaz orqali ("sharqiy" nazariya) kelib joylashgan deb hisoblanadi. Qad. Xett podsholigida shaharlarning sharqqa xos uslubda qurilishi X.ning Kavkaz orqali koʻchib kelganini koʻproq tasdikdaydi. Anatoliyaning savdo markazlaridan topilgan akkad tilida yozilgan hujjatlarda xett tiliga mansub soʻzlar va shaxs nomlarining uchrashi, X.ning mil. av. 3—2ming yilliklardan boshlab Kichik Osiyoda yashay boshlaganligini koʻrsatadi. Mil. av. 14—12-asrning boshlarida Xett podsholigida xett tili asosiy davlat tili boʻlsada, X. boshqa etnik guruhlar bilan qoʻshilib keta boshlagan.
Miloddan avvalgi 12-asrda dengiz xalqlarining vayronagarchiliklari natijasida Xet imperiyasi vayron qilingan.[1]
Yana qarang: Xettlar madaniyati.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Tarixga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Dunyo xalqlari haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- ↑ „Hitit Kralları Listesi“ (tr). ULUKAYIN Türkçe (2025-yil 28-avgust). Qaraldi: 2025-yil 29-avgust.