Kontent qismiga oʻtish

Sunnat

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sunnat (arabcha: سنة, سنت‎ — odat, anʼana, xattiharakat tarzi; qonun) — islomda musulmonlar uchun ibrat hisoblangan Muhammad paygʻambarning soʻzlari, xatti-harakatlari, hadislarda targʻib etilgan, ibodatda ham, muomalada ham qoʻllanuvchi amallari.

Islomiy terminologiyada sunnat soʻzi sunniy islom olamida Muhammad paygʻambarning 23 yillik diniy rahbariyati davomida paygʻambarning har sohadagi amalga oshirgan faoliyat va harakatlarini bildiradi. Sunnat qoidalari islomiyatning dastlabki davrlarida paygʻambarning yoʻldoshlari(sahobalar) tarafidan va keyinchalik nasldan naslga oʻtib kelgan.