Samia Suluhu
Qiyofa
| |
| Mansabda | |
| 19-mart 2021-yildan beri | |
| Avvalgi prezident | John Magufuli |
|---|---|
|
Tavalludi |
27-yanvar 1960-yil Zanzibar sultonligi |
| Turmush oʻrtogʻi | Hafidh Ameir (1978-yildan) |
Samia Suluhu Hassan (talaffuzi: Samiya Suluhu Hasan; 27-yanvar 1960-yilda tugʻilgan) tanzaniyalik siyosatchi boʻlib, Tanzaniyaning oltinchi va amaldagi prezidentidir. U Chama Cha Mapinduzi (CCM) partiyasi aʼzosidir. Suluhu Tanzaniya tarixidagi ilk ayol prezident boʻlib, mamlakatning sobiq prezidenti John Magufulining 61 yoshida vafot etganidan keyin uning oʻrnini egalladi. 2021-yilning 19-martida uning qasamyod keltirish marosimi boʻlib oʻtdi. Hozirga qadar, u vitse-prezident lavozimini egallab kelgan.[1]
2021 yil sentabr oyida Samia Suluxu 2025 yilda prezidentlikka nomzod bo'lishini va agar g'alaba qozonsa, mamlakatning birinchi saylangan ayol prezidenti bo'lish niyatida ekanligini tasdiqladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Tanzaniya prezidenti lavozimini ilk bor ayol kishi egalladi. Kun.uz. 20-mart 2021-yil.
| Davlat yetakchisi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |