Nyufaundlend
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
|
| |
| Geografiya | |
|---|---|
| Maydoni | 108 860 km2 |
| Dengiz sathidan balandligi | 814 m. |
| Eng baland nuqtasi | The Cabox |
| Ma'muriyat | |
| Davlat | Kanada |
| Mintaqa | Nyufaundlend va Labrador |
| Demografiya | |
| Aholisi | 479 538[1] |
| Qo'shimcha ma'lumot | |
Nyufaundlend – Atlantika okeanidagi orol. Shimoliy Amerikaning sha-rqiy qirgʻoqlari yaqinida, Kanadaga qarashli Nyufaundlend provinsiyasi tarkibida. Maydoni 111 ming km². Yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik. Ayrim te-paliklarining balandligi 200–300 m, eng baland joyi 814 m. Koʻl va botqoklik koʻp. N. materikdan antropogen davrida ajralgan. Iqlimi moʻʼtadil, dengiz iklimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —4° dan – 10° gacha, iyulniki 10—15°. Yiliga 750–1500 mm yogʻin yogʻadi. N., asosan, igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Gro-Morn va Terra-Nova milliy boglari tashkil etilgan. Baliq ovlanadi, yogʻoch tayyorlanadi. Bosh shahri – Sent-Jons. N. soxillariga dastlab yevropaliklardan 11-asrda normannlar borganlar.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title) — Statistics Canada.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |