Monsonit
Monsonit (Italiyadagi Monsoni togʻi nomidan) — kristalli magmatik togʻ jinsi; taxminan teng miqdordagi kaliynatriyli dala shpati (ortoklaz va Labrador) va temirli magnezial minerallardan tuzilgan. Monsonitning nordonroq xillarida ozroq miqdorda kvars boʻladi. Tarkibidagi minerallarning nisbatiga koʻra, monsonitli jinslar gabbro va siyenit oraligʻida boʻladi. Teksturasi, asosan, massivli. Rangi kulrang, kulrang-pushti. Qoramtir mineral boʻyicha avgitli, biotitli va hokazo boʻladi. Fizikaviy xossasi dioritga yaqin monsonitlar zich, yirik donador jins sifatida alohida massivlarni hosil qiladi. Murakkab tarkibli intruzivlar tuzilishida ishtirok etadi. Monsonitning porfirli turlari Oʻzbekistonda Qurama togʻlarida uchraydi. Xorijda Ukraina, Rossiy Federatsiyasi (Baykal atrofida), Italiya, Norvegiyava boshqa mamlakatlarda bor. Jilolanuvchi turlaridan qurilish materiali sifatida foydalaniladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |