Lohur

Lahore
لاہور | |
|---|---|
Shahar | |
| Mamlakat |
|
| Viloyat | Punjab |
| Asos solingan | qadimiy |
| Hudud | |
| • Umumiy | 1 772 km2 (684 sq mi) |
| Balandligi | 217 m (712 ft) |
| Aholisi (2017) | |
| • Umumiy | 11 126 285 |
| • Zichligi | 6 300/km2 (16 000/sq mi) |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 (PKT) |
| Hudud kodi | 042 |
Lahore (o‘zbekcha: Lohur; urducha: لاہور) — Pokistonning shimoli-sharqiy qismida joylashgan yirik shahar. Ravi daryosining chap sohilida joylashgan bo‘lib, Panjob viloyatining ma’muriy va iqtisodiy markazi hisoblanadi. Kattaligi va iqtisodiy mavqei jihatidan mamlakatda Karachi shahridan keyin 2-o‘rinda turadi. Aholisi 5,1 million kishi (1998).
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lohur milodiy boshlarida bunyod etilgan. X asrda u hind rojaliklaridan birining markazi bo‘lgan. XI asr boshlarida shahar Mahmud G‘aznaviy hukmronligi ostiga o‘tgan. 1099–1114 va 1153–1186-yillarda G‘aznaviylar davlatining poytaxti bo‘lgan.
1240-yilda mo‘g‘ullar, 1342 va 1398-yillarda xoxorlar, 1398-yilda esa Amir Temur qo‘shinlari tomonidan egallangan. Keyinchalik shahar Dehli sultonligi va Boburiylar imperiyasi davrida Panjob noibligining markazi bo‘lgan.
XVI–XVII asrlarda Boburiylar davrida Lohur muhim siyosiy va madaniy markaz sifatida rivojlandi. XVIII asrda u Nodirshoh va Ahmadshoh Durroniy hukmronligi ostida bo‘lgan. 1799–1849-yillarda Sikh imperiyasi tarkibiga kirgan, 1849–1947-yillarda esa Britaniya imperiyasi mustamlakasi bo‘lgan.
1947-yildan keyin Lohur Pakistan tarkibiga kirib, Panjob viloyatining ma’muriy markazi bo‘lib qolgan.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lohur — muhim transport tuguni bo‘lib, xalqaro aeroportga ega. Shahar Pakistanning yirik savdo-moliya va diniy markazlaridan biridir.
Sanoat tarmoqlari orasida to‘qimachilik (ip, jun va shoyi gazlamalar), oziq-ovqat, rezina-texnika, ko‘n-poyabzal, metallurgiya va mashinasozlik rivojlangan. Shuningdek, oyna-shisha ishlab chiqarish, temir yo‘l ustaxonalari va issiqlik elektr stansiyalari mavjud.
Lohur qadimdan hunarmandchilik markazi bo‘lib, oltin va kumush buyumlar tayyorlash, gilam to‘qish, kashtachilik va naqqoshlik rivojlangan.
Ta’lim va madaniyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda Panjob universiteti (1882-yildan), muhandislik-texnologiya universiteti, Milliy san’at kolleji faoliyat yuritadi.
Lohurda Markaziy muzey, san’at va savdo muzeylari, texnologiya muzeyi mavjud. Shahar yaqinida Shalimar bog‘lari, Jahongir maqbarasi joylashgan.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Aholi soni | Izoh |
|---|---|---|
| 1881 | 138,878 | Britaniya Hindistoni davri |
| 1901 | 186,884 | Mustamlaka davri ro‘yxati |
| 1931 | 400,075 | Shahar kengayishi boshlanishi |
| 1951 | 1,130,000 | Bo‘linishdan (1947) keyingi migratsiya |
| 1961 | 1,630,000 | Tez urbanizatsiya davri |
| 1972 | 2,198,890 | Sanoatlashuv o‘sishi |
| 1981 | 2,988,486 | Shaharga migratsiya kuchayishi |
| 1998 | 6,340,114 | Katta demografik o‘sish |
| 2017 | 11,126,285 | Zamonaviy mega-shahar bosqichi |
| 2023 | 13,004,135 | Rasmiy hisob |
Me’moriy yodgorliklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lohur ko‘plab tarixiy obidalari bilan mashhur. Ular orasida:
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar avtomobil yo‘llari, temiryo‘l transporti va havo qatnovi orqali mamlakatning boshqa hududlari bilan bog‘langan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Pokiston geografiyasiga oid chala maqolalar oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Pakistan Bureau of Statistics (PBS) – Census 2017
https://www.pbs.gov.pk/
Lahor aholisi 2023-yilda 13 milliondan oshgan[1]