Kontent qismiga oʻtish

Kayman orollari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kayman orollari
inglizcha: Cayman Islands
Britaniyaning dengizorti hududi
Shior"He hath founded it upon the seas"
("U orolni dengizlar ustiga asos solgan")
Madhiya: God Save the King
Location of Kayman orollari
Poytaxt Jorjtaun
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Etnik guruhlar
(2022)
• 36,5% Koʻp irqlilar
• 30.2% Qora tanlilar
• 22.4% Oq tanlilar
• 8.1% Osiyoliklar
• 2.8% boshqalar
Din
• 67% Xristianlik
• 27% Dinsizlik
• 2.4% Hinduizm
• 0.4% Islom
• 0.3% Rastafari
• 0.2% Yahudiylik
• 2.8% belgilanmagan
Etnoxoronim(lar) Kaymanliklar
Hukumat Konstitutsiyaviy monarxiya ostidagi
parlamentga qaram hudud
• Monarx
Charles III
Jeyn Ouen
Andre Ebenks
• Vazir
Stiven Douti
Suveren davlat (Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik)
• Britaniya nazorati
1670-yil
• oʻzini oʻzi boshqarishi
1959-yil 4-iyul
• Yamaykadan ajralishi
1962-yil 6-avgust
• Amaldagi konstitutsiyasi
2009-yil 6-noyabr
Maydon
• Butun
259 km2
• Suv (%)
1.6
Aholi
• 2024-yilgi roʻyxat
87,866 kishi (206-oʻrin)
• Zichlik 275.8/km2
YIM (XQT) 2019-yil roʻyxati
• Butun
$4.78 milliard
• Jon boshiga
$73,600
YIM (nominal) 2023-yil roʻyxati
• Butun
$7.139 milliard (160-oʻrin)
• Jon boshiga
$97,750 (2023) (7-oʻrin)
HDI (2013) 0.984
very high
Pul birligi Kayman orollari dollari (KYD)
Vaqt mintaqasi UTC−5:00 (EST)
Sana formati kun/oy/yil
Avtomobil harakati Chapga
Telefon prefiksi +1 345
ISO 3166 kodi KY
Internet domeni .ky
Web-sayt
gov.ky

Kayman orollari (inglizcha: Cayman Islands) – Karib dengizidagi orollar, Gʻarbiy Hindistonda, Yamayka orolidan shimoli-gʻarbda. Buyuk Britaniya dengiz ortidagi hududi. Katta Kayman, Kichik Kayman va Kayman-Brak orollaridan iborat.

Boshqaruv shakli va boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yili yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Parlament demokratiyasi oʻrnatilgan. Buyuk Britaniyaning dengizorti hududi boʻlgan konstitutsiyaviy monarxiyaga asoslanadi. Davlat rahbari — Qirol Charles III. 4 yil muddatga tayinlanadigan gubernator uning oroldagi vakili hisoblanadi. Gubernator ijroiya qoʻmitasi raisi hamdir.

Qonunchilik hokimiyati bir palatali Assambleyadan tashkil topgan. Uning 15 aʼzosi saylanadi, 3 nafari Ijroiya kengashi aʼzolari orasidan tayinlanadi.

Buyuk Britaniya orolning tashqi siyosati, mudofaa, ichki xavfsizligi, maʼmuriy sudlari masalalariga masʼul. Xalq taraqqiyot partiyasi, Birlashgan demokratik partiya asosiy siyosiy kuchlaridir.

Kayman orollari 7 ta okrugga boʻlinadi. Aholisining beshdan toʻrt qismi Katta Kayman orollarida yashaydi. Mulatlar (40%), oq tanlilar (20%), qora tanlilar (20%), imigrantlar va boshqalar (20%) yashaydi. Nufusning 78 foizi nasroniylikka eʼtiqod qiladi.

Joylashuvi va tabiati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kayman oroli Karib dengizidagi shu nomdagi orollarda joylashgan. Uning tarkibiga Katta Kayman, Kichik Kayman va Kayman-Brak kiradi. Orollar orasida eng yirigi Katta Kayman boʻlib, hududi 197 kvadrat kilometrga, uzunligi 35 km, kengligi 6,5 km ga teng. Kubadan 240 km janubroqda, Florida shtatidan 730 km janubda, Yamaykadan 267 km shimoli-gʻarbda joylashgan.

Orolning eng baland nuqtasi — 16 metr. Orolning katta qismini Nort-Saund (56 km²) dengizdan ajralib chiqqan koʻli tashkil qiladi. Kayman-Brak oroli 38 kvadrat kilometr. Kengligi 2 km va uzunligi 19 km. Eng baland nuqtasi — 42 metrga teng. Kichik Kayman hududi 28,5 kvadrat kilometr.

Orollarda daryo yoʻq. Qirgʻoq boʻylari riflar bilan qoplangan. Ayrim joylarida mangr oʻsimliklari oʻsadi. Iqlimi — tropik, passatli.

Atrofidagi suvlarda toshbaqalar, qisqichbaqasimonlar va molyuskalar nihoyatda koʻp. Orollar Kayman suv osti togʻ tizmalariga tutashib ketadi. Kayman novi Kaymanni Yamayka bilan ajratib turadi va Karib dengizining eng chuqur joyidir (maksimal chuqurligi — 7686 metr). Seysmik faol nuqtada joylashgan.

Kakos palmasi, mango, avokado va non daraxti oʻsadi. Ancha asrlar muqaddam bu yerda timsohlar oilasiga mansub va uzunligi 5 metrga yetuvchi kaymanlar juda koʻp yashagan. Ammo hozirda ular qirilib ketgan.

Kayman-Brak va Kichik Kayman orollarini 1503-yil 10-may Xristofor Kolumb oʻzining toʻrtinchi ekspeditsiyasi vaqtida ochgan, shu vaqtgacha bu yerda odam yashamas edi. 1586-yili orolga angliyalik Frensis Dreyk kelib tushdi. Kemalar bu yerdan oziq-ovqat, asosan, “tirik konserva” — toshbaqalarni jamgʻarish maqsadida foydalanar edi.

1670-yildagi Madrid kelishuviga koʻra, Kayman orollari ustidan nazorat rasmiy ravishda Britaniyaga berildi. U oʻzining Yamaykadagi gubernator orqali orolni boshqardi. Katta Kaymanda 1730-yillarda, Kayman-Brak va Kichik Kaymanda 1833-yildan doimiy manzilgohlar vujudga keldi.

1794-yil 8-fevralda Katta Kayman yaqinida Yamaykadan Angliyaga ketayotgan 10 ta kema, jumladan, “Konvert” harbiy kemasi agʻdarildi. Aholining yordami bilan yoʻlovchilarning deyarli barchasi qutqarib qolindi. Koʻrsatilgan koʻmak uchun Britaniya qiroli Georg III orol aholisini soliqlar va harbiy majburiyatdan ozod qilgan.

1831-yili ilk qonunchilik assambleyasi saylandi. 1835-yili qullik bekor qilindi. 1750—1898-yillarda Kayman orollarining rahbari Yamayka gubernatori boʻldi. 1898-yildan bu yerga kommisar tayinlandi.

1959-yili Gʻarbiy Hindiston federatsiyasi tashkil etilgach, Yamayka gubernatori Kaymanning ham gubernatori hisoblansa-da, u qaramlikdan deyarli qutuldi. Yamayka 1962-yili mustaqillikka erishganida Kayman aholisi Britaniya ixtiyorida qolishni istadi. Rasmiy London bu yerga maʼmuriy boshqaruvchi tayinlanadi. 1972-yilga qadar Yamayka bilan yagona pul, yagona cherkov saqlanib qoldi. Aholining 50 foizi kelib chiqishi yamaykaliklar edi. 1992-yilda Bosh kotib lavozimi joriy qilindi.

Aholisining asosiy mashgʻuloti sayyohlarga xizmat koʻrsatishdir. U yalpi ichki mahsulotning 70 foizini, valyuta tushumlarining 75 foizini beradi.

Orol ofshor moliya markazi sifatida dong qozongan. Bu yerda 100 mingdan ortiq kompaniya roʻyxatdan oʻtgan. Ularning 500 tasi banklar, 800 tasi sugʻurta jamiyatlari, 5 minggi pay jamgʻarmalaridir.

Barcha oziq-ovqat va isteʼmol mahsulotlari chetdan olib kelmoqda. Toshbaqa goʻshti va uning qopqogʻi, langust, akula terisi eksport qilinadi.

Karib Hamjamiyati assotsialashgan aʼzosi (2002).

  • Laziz Rahmatov. «Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha». Toshkent, 2019-yil