Kontent qismiga oʻtish

Azercell

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Azercell Telecom MChJ
Azercell_logo
Kompaniyaning rasmiy logotipi
Turi biznes
Tarmogʻi Telekommunikatsiya
Egasi „AzInTelecom“ MChJ (Ozarbayjon raqamli rivojlanish va transport vazirligi)
Status MChJ
Qachon asos solingan 19-yanvar, 1996-yil (30 yil avval) (1996-01-19)
Joylashuvi Boku, Ozarbayjon
Hududiy xizmati Ozarbayjon
Asoschi(lari) Ozarbayjon hukumati va Turkcell
Direktori Zarina Zeynalova
Bosh direktor Zarina Zeynalova
Mahsulot(lar)i
Brendlari Azercell
Mijozlar soni 4.5 milliondan ortiq
Vebsayti azercell.com
Til(lar)i Ozarbayjoncha, inglizcha, ruscha

Azercell — Boku shahrida joylashgan Ozarbayjon telekommunikatsiya kompaniyasi. U Ozarbayjondagi eng yirik mobil aloqa operatori hisoblanadi. Kompaniya hukmron Aliyevlar oilasiga ofshor kompaniyalar orqali tegishli ekani aytiladi.[1] 2008-yilda davlat ulushlari Aliyevlar oilasiga tegishli kompaniyalarga katta chegirma bilan oʻtkazilgan boʻlib, bu Ozarbayjon xalqiga kamida 600 million dollarga tushgan.[1]

Kompaniya tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Azercell Telecom“ MChJ 1996-yil yanvar oyida Ozarbayjon hukumati va Turkiyaning yirik mobil operatori — Turkcell oʻrtasida qoʻshma korxona sifatida tashkil etilgan.[1][2] Ushbu kelishuvga koʻra, Ozarbayjon hukumati operatorning 51 foiz ulushiga egalik qilgan.[1]

„Azercell Telecom“ oʻz faoliyatini 1996-yil 15-dekabrda boshlagan. Kompaniya mamlakatning neft sektoridan tashqari faoliyat yurituvchi ikkinchi yirik soliq toʻlovchisiga aylandi.[1][3]

2004-yilda Shvetsiyaning TeliaSonera kompaniyasi „Azercell“ni xususiylashtirish boʻyicha muzokaralarda ishtirok etdi. Ozarbayjon hukumati „TeliaSonera“ning davlat kompaniyasini mustaqil ravishda xususiylashtirishiga toʻsqinlik qildi va unga „Cenay Insaat“ (Aliyev rejimi bilan hamkorlik qilishi maʼlum boʻlgan turk kompaniyasi) va nomaʼlum „mahalliy hamkor“ bilan birga xususiylashtirishni amalga oshirishni buyurdi. Keyinchalik surishtiruvlar natijasida ushbu mahalliy hamkor Ilhom Aliyev oilasiga tegishli ofshor kompaniyalar ekani maʼlum boʻldi.[1]

2018-yilda „Telia“ 58,55 foiz ulushga ega boʻlgan „Fintur Holdings“ oʻzining „Azertel“dagi ulushini Ozarbayjon Respublikasiga qarashli „Azerbaijan International Telecom“ MChJga sotdi.[4]

2012-yil 24-mayda „Azercell“ 4G platformasiga asoslangan xizmatlar ishga tushirilganini eʼlon qildi. „Azercell“ning 4G tarmogʻi butun Boku shahri va unga yaqin shaharchalarni qamrab olgan. Tarmoqlar 1800 MGts chastotada ishlaydi. 4G tarmogʻi joriy etilgan ikkinchi hudud Naxchivan Avtonom Respublikasi boʻldi.[5]

Bozor ulushi va qamrovi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon mobil aloqa bozorining 51 foizi „Azercell“ga tegishli; uning geografik qamrovi 94,15 foizni, aholi qamrovi esa 98,70 foizni tashkil etadi.

Shuningdek qarang

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1 2 3 4 5 6 Patrucic, Miranda; Dyfvermark, Joachim; Westerberg, Ola „Offshores Close to President Paid Nothing for State Share of Telecom“. OCCRP (2015-yil 27-may). 2024-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Azerbaijan government buys Telia and Turkcell's stake in Azercell for €222m“ (en). Capacity Media (2018-yil 5-mart). Qaraldi: 2024-yil 10-iyun.[sayt ishlamaydi]
  3. „Yet another quality index from Azercell“ (en). AzerNews.az (2020-yil 30-iyul). Qaraldi: 2020-yil 12-dekabr.
  4. „Telia sells Azercell stake in gradual exit from Eurasia“ (en-CA). Yahoo News (2018-yil 5-mart). Qaraldi: 2024-yil 10-iyun.
  5. „Azercell announced the launch of 4G“. contact.az (2012-yil 24-may). Qaraldi: 2012-yil 14-iyun.