Asr
Qiyofa
Asr (arab. – davr, vaqt):
1) yuz taqvim yili (kalendar yil)ga teng vaqt oraligʻi; masalan, 1901-yil 1-yanvardan 2000-yil 31-dekabrgacha davrni oʻz ichiga oladi; yuz tropik yil; 36524, 2199 oʻrtacha Quyosh sutkasiga teng;
2) geologik davrning bir qismini oʻz ichiga olgan vaqt. Asr ichida bir yarusning barcha togʻ jinslari paydo boʻladi. Geoxronologiya jadvalida asr eng kichik qism (vaqt) hisoblanib, bir asr bir yarusga toʻgʻri keladi;
3) kun (Quyosh) botishi chogʻidan 1–2 soatcha oldingi payt va shu paytda oʻqiladigan namoz. Asr namozining muddati – kun botishidan 2 soat ilgaridan to kun botgungachadir (yana qarang Asr namozi)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |