Alan Baker
| Alan Baker | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
19-avgust 1939-yil London, Angliya |
| Vafoti |
4-fevral 2018-yil (78 yoshda) Kembrij, Angliya |
| Fuqaroligi | Britaniya |
| Sohasi | Matematika |
| Institutlar | Cambridge universiteti |
| Taʼlimi |
London kollej universiteti Cambridge universiteti |
| Akademik rahbarlari | Harold Davenport |
| Mashhur shogirdlari |
John Coates Yuval Flicker Roger Heath-Brown David Masser Cameron Stewart |
| Mashhur ishlari |
Sonlar nazariyasi Diophantine tenglamalari Baker teoremasi |
| Mukofotlari |
Fields medali (1970) Adams mukofoti (1972) |
Alan Baker (talaffuzi: Alan Beyker) (19-avgust 1939-yil — 4-fevral 2018-yil) — britaniyalik matematik. Baker sonlar nazariyasidagi samarali uslublar, xususan, tanssendent sonlar teoriyasidan kelib chiqadigan metodlar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1970-yil 31 yoshida Fields medali bilan taqdirlangan.
Baker London kollej universitetida tahsil olgan, Cambridge universiteti qoshidagi Trinity kollejidan PhD darajasini olgan. 2006-yilgacha Cambridge universitetida sof matematika professori lavozimida ishlagan. Olim sonlar nazariyasi bilan bir qatorda logarifmik formalar, samarali uslublar, Diophantus geometriyasi hamda Diophantus analizi sohalarida ishlab keladi.
Baker 1972-yilda Adams mukofotiga sazovor boʻlgan, 1973-yilda London qirollik jamiyatining aʼzosi etib saylangan. 2012-yilda esa Amerika matematika jamiyati aʼzosi etib tayinlangan. Olim Hindiston Fanlar akademiyasining xorijlik aʼzosidir.
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |