Akkad tili
Qiyofa
| Akkad tili | |
|---|---|
| Milliy nomi | akkadû |
| Mamlakatlar | Mesopotamiya |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 0 |
| Turkumlanishi | |
| Til oilasi | Som-hom tillari |
| Alifbosi | mixxat |
| Til kodlari | |
| ISO 639-2 | akk |
| ISO 639-3 | akk |
Akkad tili (qadimgi shahar Akkad nomidan) — mashhur som tillarining eng qadimgisi. Ikki dialektga — bobil va ossuriy dialektlariga ega, shu bois koʻpincha u bobil-ossuriy (yoki ossuriy-bobil) tili deb ham ataladi. Akkad tilining ham (boshqa som tillari kabi) oʻziga xos xususiyati undagi soʻzlar oʻzagi undoshlardan (koʻpincha uch undoshdan) tashkil topishidir. Unlilar hamda oʻzakka te-gishli boʻlmagan baʼzi undoshlar grammatik munosabatni yuzaga keltiradi va oʻzak umumiy maʼnosini muayyanlashtiradi. Akkad tili yozuvi shumer sillabo-ideografik mixxatiga asoslangan boʻlib, belgilar koʻp tovushli xususiyatga ega. Ular soni 500 dan oshib ketadi. Akkad tili mixxat yozuvini 1857-yilga kelib toʻliq oʻqishga muvaffaq boʻlingan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Jahon tillaridan biri haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |