Kontent qismiga oʻtish

Abdulali tarxon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abdulali tarxon (XV asr) – Buxoro viloyati hokimi (XV asrning 90-yillari). Sulton Axmad Mirzoning nufuzli amirlaridan, yirik mulkdor. Abdulali tarxon Shayboniyxon bilan yaxshi munosabatda boʻlgan. Bobur: „Shayboniyxonning muncha taraqqiy topmogʻigʻa va muncha qadim xonavodalar buzulmogʻigʻa Abdulali tarxon sabab boʻldi“, deb yozgan[1].

  1. „Abdulali tarxon“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.